lichess.org
Xayriya qilish

Shveysarcha turnirlar

Hozir oʻynalmoqda
Rapid IncrementLichess Swiss tomonidan yaratildi4/7 ta tur7+2 • Rapid • Reytingli
36
ClassicalLichess Swiss tomonidan yaratildi2/5 ta tur30+0 • Klassik • Reytingli
33
Blitz IncrementLichess Swiss tomonidan yaratildi2/10 ta tur5+2 • Blits • Reytingli
20
Кубок 2026 No57Дом Ученых tomonidan yaratildi2/7 ta tur10+1 • Rapid • Reytingli
5
Hourly RapidDarkOnTeams tomonidan yaratildi9 ta tur10+0 • Rapid • Reytingli
0
Tez orada boshlanadi
Swiss tournamentThe Swiss Players are the best tomonidan yaratildi5 ta tur10+0 • Rapid • Reytingli
1
Cash Tournament QualifierOnline World Chess Lovers tomonidan yaratildi7 ta tur7+2 • Rapid • Reytingli
2
BulletLichess Swiss tomonidan yaratildi15 ta tur1+0 • Bullet • Reytingli
2
Caroшашлычок вкуснинький мммм прыгает буквой г tomonidan yaratildi7 ta tur3+0 • Blits • Reytingli
0
SuperBlitz IncrementLichess Swiss tomonidan yaratildi12 ta tur3+1 • Blits • Reytingli
1

Shveysarcha turnirda (wiki) har bir ishtirokchi barcha qatnashchilar bilan oʻynashi shart emas. Ishtirokchilar har bir turda yakkama-yakka tartibda oʻynashadi. Bunda qoidalar shunday tuzilganki, oʻyinchilar oʻziga oʻxshash ochko toʻplab borayotgan raqiblar bilan roʻbaroʻ kelishadi, lekin bitta raqib bilan ikki marta oʻynamaydilar. Barcha turlar yakuniga koʻra eng koʻp umumiy ochko toʻplagan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Agar oʻyinchilar soni juft son boʻlsa barcha ishtirokchilar har bir turda qatnashadilar.

Shveysarcha turnirlar faqat jamoa yetakchilari tomonidan yaratilishi mumkin va ularda faqat jamoa aʼzolari oʻynashi mumkin.
Shveysarcha turnirlarda qatnashish uchun biron bir jamoaga qoʻshiling yoki yangi jamoa yarating.

TaqqoslashArena turnirlariShveysarcha turnirlar
Turnir davom etish muddatiDavom etish muddati oldindan belgilanadi (daqiqalarda)Maksimal turlar soni belgilanadi, lekin davom etish muddati nomaʼlum
Oʻyinlar soniAjratilgan vaqt ichida imkon qadar koʻp oʻyin oʻynaladiOldindan belgilangan va barcha oʻyinchilar uchun bir xil
Qura tashlash tizimiReytingi oʻxshash boʻlgan har qanday boʻsh raqibOchko va tay-breyk natijalariga koʻra eng mos keladigan raqib
Qura tashlashni kutish vaqtiTez: boshqa oʻyinchilarni kutmaydiSekin: boshqa oʻyinchilarni kutadi
Bir xil raqiblarMumkin, lekin ketma-ket emasTaqiqlangan
Kech qoʻshilish mumkinmiHaHa, lekin turlarning yarimi yakunlanmagan boʻlsa
Tanaffusga chiqish mumkinmiHaMumkin, lekin turlar sonini kamaytirib yuborishi mumkin
Gʻalabalar seriyasi va Berserk bormiHaYoʻq
Rasmiy yuzma-yuz turnirlarga oʻxshaydimiYoʻqHa
Cheklanmagan va bepulmiHaHa
?

Qay hollarda arena oʻrniga shveysarcha turnir ishlatish kerak?Shveysarcha turnirda barcha ishtirokchilar bir xil miqdorda oʻyin oʻynashadi va bir-biri bilan faqat bir marta oʻynashadi. Bu klublar va rasmiy tadbirlar uchun yaxshiroq tanlovdir.

?

Ochkolar qanday hisoblanadi?Gʻalaba — bir ochko, durang — yarim ochko, magʻlubiyat — nol ochko.
Tur davomida oʻyinchi uchun raqib topilmasa, unga bir ochkolik “bye” beriladi.

?

Tay-breyk qanday hisoblanadi?Sonneborn-Berger tizimi orqali.
Bunda oʻyinchi yutgan barcha raqiblarning toʻplagan ochkolari hamda durang oʻynagan raqiblarining toʻplagan ochkolarining yarmi qoʻshib hisoblanadi.

?

Qura qanday aniqlanadi?FIDE qoʻllanmasiga muvofiq, bbPairings tomonidan joriy etilgan Gollandiya tizimi asosida.

?

Agar turnirda turlar soni oʻyinchilar sonidan koʻp boʻlsa nima boʻladi?Barcha mumkin bo'lgan juftliklar o'ynalgach, turnir yakunlanadi va g'olib e'lon qilinadi.

?

Nima uchun u jamoalar bilan cheklangan?Shveysarcha turnirlar onlayn shaxmat uchun moʻljallanmagan. Oʻyinchilardan punktuallik, masʼuliyat va sabr-toqatni talab qiladi.
Bizningcha, bu shartlarga global turnirlarga qaraganda jamoa ichida amal qilinishi ehtimoli yuqoriroq.

?

Oʻyinchi necha marta “bye” olishi mumkin?Qura tashlash tizimi oʻyinchi uchun raqib topa olmasa unga bir ochkolik “bye” beriladi.
Bundan tashqari, oʻyinchi turnirga kech qoʻshilsa, unga bir martalik yarim ochkolik “bye” taqdim etiladi.

?

Barvaqt duranglar boʻyicha tartib qanday?Shveysarcha oʻyinlarda oʻyinchilar 30 ta yurish qilmaguncha durang qila olmaydi. Garchi bu chora oldindan kelishilgan duranglarning butunlay oldini ololmasada, hech boʻlmaganda oʻyin davomida tezda durang qayd etishni qiyinlashtiradi.

?

Oʻyinchi oʻyin oʻynamasa nima boʻladi?Ularning vaqti ketaveradi, vaqt tugagach magʻlubiyat yoziladi.
Shundan soʻng, boshqa oʻyinlarda ham magʻlub boʻlmasligi uchun tizim oʻyinchini turnirdan chiqarib yuboradi.
Oʻyinchi istalgan vaqtda turnirga qaytadan qoʻshilishi mumkin.

?

Turnirda qatnashmaydiganlar boʻyicha qanday choralar koʻriladi?Shveysarcha turnirlarga roʻyxatdan oʻtib, oʻyinlarda qatnashmaydigan oʻyinchilar muammo tugʻdirishi mumkin.
Ushbu muammoning oldini olish uchun, Lichess oʻyinda qatnashmagan oʻyinchilarni maʻlum vaqt davomida yangi shveysarcha turnirlarga kirishini cheklaydi.
Shunga qaramay, turnir tashkilotchisi bunday oʻyinchilarga oʻz musobaqasiga kirishga ruxsat berish-bermaslikni oʻzi hal qilishi ham mumkin.

?

Oʻyinchilar turnirga kechikib qoʻshila oladilarmi?Ha, turlarning yarimi yakunlanmagan boʻlsa qoʻshilish mumkin. Masalan, 11 turdan iborat shveysarcha turnirda oʻyinchilar 6-tur boshlanguncha, 12 turdan iborat turnirda esa 7-tur boshlanguncha qoʻshila oladilar.
Kechikib qoʻshilganlarga, hatto bir nechta turni oʻtkazib yuborgan boʻlsalar ham, faqat bir marta “bye” (oʻyinsiz ochko) beriladi.

?

Arena turnirlari shveysarcha turnirlar bilan almashtiriladimi?Yoʻq. Ular bir-birini toʻldiruvchi funksiyalardir.

?

Round-robin (aylanma) tizimi-chi?Biz bu tizimni qoʻshishni istagan edik, biroq, afsuski, round-robin tizimi onlayn formatda ishlamaydi.
Buning sababi — turnirni barvaqt tark etadigan oʻyinchilar masalasini adolatli hal qilishning imkoni yoʻqligidadir. Onlayn musobaqalarda barcha oʻyinchilar oxirigacha oʻynashini kutib boʻlmaydi. Bu deyarli imkonsiz, natijada koʻpgina round-robin turnirlari nuqsonli va adolatsiz boʻlib qoladi. Bu esa bunday turnirlarning oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsadga ziddir.
Onlayn formatda round-robin tizimiga eng yaqin narsa — turlar soni juda koʻp boʻlgan shveysarcha turnir oʻtkazishdir. Bunda turnir yakunlangunga qadar barcha mumkin boʻlgan juftliklar oʻzaro oʻynab boʻlishadi.

?

Boshqa turnir tizimlari-chi?Biz hozircha Lichessga boshqa turnir tizimlarini qo‘shishni rejalashtirmayapmiz.