OʻZBEKISTON TUMANI
FARGʻONA VILOYATI ONLAYN SHAXMAT JAMOASI telegram manzili:
https://t.me/+1sEL7xvvrlhhMWZi
Oʻzbekiston tumani — Farg'ona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda tugatilgan, 1963-yil 17-aprelda qayta tuzilgan. Shim.dan Qoʻqon shahri, Furqat tumani, jan. va gʻarbdan Tojikiston Respublikasi, shim.gʻarbdan Beshariq, sharqdan Uchkoʻprik tumanlari, jan.sharqda Rishton tumani va Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,69 ming km2. Aholisi 181,1 ming kishi (2005). Oʻzbekiston tumanida 1ta shahar (Yaypan), 1ta shaharcha (Shoʻrsuv), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Konizar, Mingtut, Nursuq, Ovchi, Oxunboboyev, Rajabgardi, Tagob, Qaynar, Qizilqaqir, Gʻaniobod) bor. Markazi — Yaypan shahri. Tabiati. Tuman hududi Fargʻona viloyatning jan.gʻarbida, Turkiston tizmasining shim. etaklarida joylashgan. Shimolida Sirdaryogacha pasayib boradi. Tuman shim. qismining yer yuzasi tekislik boʻlib, Shaytonkoʻl massivi va Markaziy Fargʻona choʻlining davomidir. Tuman hududida foydali qazilmalardan togʻ mumi, gaz, neft, ohaktosh, tuz, gilmoya, keramzit va boshqalar bor. Iqlimi kontinental, quruq. Yanvar oyidagi oʻrtacha temperaturasi —6º, —10º, eng past temperatura —20º, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28º, eng yuqori temperatura 42—45º. Gʻarb, shim.gʻarbdan tez-tez shamol esib turadi. Qoʻqon shamolining tezligi 25-30 m/sek. Yillik yogʻin 130-140 mm. Vegetatsiya davri 240—265 kun. Tuman xoʻjaliklari va aholisi Soʻx daryosidan suv oladi. Soʻx daryosi tarmoqlaridan: Nayman, Yakkatut, Sochtepa, Koʻkdoʻppi soylari, Chilgijiyda, Nursuq, Achchisuv ariqlari bor. Tuman hududi oʻrtasidan Katta Fargʻona kanali oʻtgan. Shoʻrsuv suv ombori mavjud. Togʻ etaklari, adirlar qumli, och boʻz tuproqli. Togʻ etaklari va dashtlarda shuvoq, yantoq, chaqirtikanak, soy, ariqlar boʻyida yalpiz, yulgʻun, yovvoyi jiyda, togʻ va adirlarda yovvoyi piyoz oʻsadi. Shuningdek, ajriq, achchiqmiya, qoʻytikanak, itburun, qoqi, qirqboʻgʻin, salomalaykum, qamgʻoq, ituzum, qoʻypechak, semizoʻt, kurmak singari begona oʻtlar tumanning hamma joylarida uchraydi. Togʻ va adirlarda yirtqichlardan boʻri, tulki, sudralib yuruvchilardan dasht ilonlari, kaltakesaklar, kemiruvchilardan sichqon, kalamush yashaydi; qushlardan tustovuq, soʻfitoʻrgʻay, yovvoyi oʻrdak, chumchuq kabilar uchraydi.
Tournaments
FARGʻONA LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h | Battle of 19 teams | 28 | |
FARGʻONA LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h | Battle of 19 teams | 29 |