lichess.org
Donate

Jizzax viloyati

73 members

Uzbekiston lichess milliy ligasi telegram kanali

https://t.me/lichessuzbekistanligue

Jizzax viloyati

" Shifo ulashuvchi tabiatning qirrasi "

Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo‘lib, mintaqa tabiati sizni bir lahzada o‘ziga tortadi.
Baxmal va G‘allaorol tumanlarida “Temir Darvoza” deb nomlangan ajoyib yer osti yo‘llarini ko‘rishingiz mumkin. Jizzax viloyatidagi Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy qism qirg‘oqlarida o‘tovlar manzilgohi joylashgan Aydarko‘l ko‘li ko‘rkamligi bilan sayohatchilarni o‘ziga rom qiladi. Erta bahorda esa bu yerda pushti flamingolarning to‘dasini ko‘rish mumkin.

Mintaqa O‘rta Osiyoning vohasi deb nomlanib, ko‘plab shifobaxsh buloqlar, milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, ko‘plab mevali va yong‘oq daraxtlari o‘sadigan chiroyli bog‘larga ega hududdir.
Davolanish va sog‘liqni tiklash hamda kuchga to‘lish uchun aynan shu yerga sayyohlar kelishadi. Ajoyib tog‘ havosi, toza mineral suv, sog‘lom meva va sabzavotlar moʻjiza yaratadi.
Bu yerda sog‘liqni tiklashni mintaqadagi bir nechta diniy obidalarni ziyorat qilish bilan birga olib borish mumkin.

️ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;

️ Kristall ko‘llar

Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;

️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi

Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.

Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.

️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.

Tournaments

O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
202
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
207
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
217
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
227
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
228