https://uza.uz/uz/posts/shaxmatchilarimiz-45-butunzhahon-shaxmat-olimpiadasida-qatnashmoqda_633765
45th Chess Olympiad Budapest 2024 Open. 1st raund.
Fikrimcha bu jamoani maxorat evaziga 4-0 hisobi bilan mag'lub eta olamiz!Ajoyib yangilik, mana nihoyat orziqib kutilgan "Shaxmat Mundiali" ko'xna Budapesht shaxrida go'zal ochilish marosimi bilan boshlandi!
Marosim yakunida hammaga ma'lum va mashxur chess-results.com sayti orqali qura natijalari bilan tanishib oldik! Ma'lum bo'lishicha, ko'pchilik taxmin qilgan davlatlar emas, aynan, Trinidad va Tobago ning jamoasi bizga raqiblik qiladiqiladigan boʻldi. Hech kimga sir emas, ko'pincha birinchi turda kuchli jamoalar nisbatan kuchsiz jamoalarga qarshi kuch sinashishadi. Tabiiy-ki, bu safar ham an'analar o'zgarmadi va O'zbekiston terma jamoasiga Trinidad va Tobago jamoasi qarshilik ko'rsatadigan bo'ldi.
Keling bugun ko'pchilik tanimaydigan Trinidad va Tobago jamjasining tarkibi bilan tanishaylik. Bu jamoa tarkibi yulduzlarga ega emasligi aniq edi. Ammo ularda hatto o'rtamiyona grosmeysterlar (GM) ham, xalqaro ustalar (IM) ham yo'q ekan. Tarkib esa to'liq 24 yoshdan 47 yoshgacha bo'lgan FIDE ustalaridan iborat. Quyida ular bilan tanishing:
Ro'yxatga qaragan zaxoti bu jamoani tez va oson yutamiz deb o'ylashimiz aniq. Biroq, 21 asr kompyuter texnologiyalari davri shaxmat olamiga ham kirib kelgani va barcha jamoalar kampyuterlardan to'g'ri foydalangan holda qattiq tayyorgarlik ko'rishlari mumkin ekanini ham nazardan qochirmasiligimiz kerak. Bundan tashqari bizning jamoamiz tarkibidagi sportchilar bilan va ularning mahorati bilan internet orqali to'liq tanishish va ularga qarshi tayyorgarlik ko'rish mumkin va bu oson. Yani Trinidad va Tobago jamoasi ham tuni bilan bizning terma jamoamiz shaxmatchilarimizga qarshi debyutlar tayyorlaganlari aniq.
Fikrimcha bu jamoani mahorat evaziga 4-0 hisobi bilan mag'lub eta olamiz! Baxs esa juda qiziq bo'lishiga ishonchim komil!
Shunday ekan, bu baxsni o'tqazib yubormaning!
So'z ohirida doimgi dek, terma jamoamizga omadlar tilab qolgan holatda, sizlar bilan hayirlashaman!
Etiboringiz uchun raxmat!