lichess.org
Donate

Samarqand viloyati

57 members

Uzbekiston lichess milliy ligasi telegram kanali

https://t.me/+QfBhyAe6tgE0MGIy

https://t.me/lichessuzbekistanligue

Samarqand viloyat

" Buyuk Ipak yo'li markazi "

Samarqand - Madaniyatlar chorrahasi
Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin!Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.

XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!

Shaharni ziyorat qilsangiz, siz bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan hayratda qolasiz..
.

️ Registon – Samarqand shahrining asosiy maydoni va eng taniladigan diqqatga sazovor joydir. Unda uchta mashhur madrasa mavjud – Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-Kori.
️ Gur-Amir – Amir Temur maqbarasi, uning ustozi Mir Sayyid Baraka va Temuriylar sulolasining baʼzi aʼzolari ko‘milgan ziyoratgoh.
️ Imom al-Buxoriy xalqaro markazi yodgorlik majmuasi yonida joylashgan bo‘lib, u juda katta va chiroyli hududga ega. Ushbu majmuada bo‘lganingizda bir nechta chiroyli suratga olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Tarix
Samarqandni bir ko‘rgan inson unga oshiqu beqaror bo‘ladi , shahardagi davrlar va turli madaniyatlarning qorishib ketganini ko‘rib, uni abadiy eslab qolishi aniq. Samarqand Rim va Nankin kabi qadimiy poytaxtlar bilan tengdoshligini bilarmidingiz? Ha, ha! Shahar bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lgan, bu nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri deb nomlanish huquqini beradi. Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari davriga to‘g‘ri keladi.Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti bo‘ldi. Buyuk Temur o‘z poytaxtini qanday tanlaganligi haqida shunday afsona yuradi . O‘z tanlovini amalga oshirish uchun, u fuqarolarga barcha shaharlarning kirish darvozalariga qo‘chqorning jasadini osib qo‘yishni buyurdi va bir oydan keyin shaxsan o‘zi darvozalarga osilgan go‘shtlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha shahar darvozalariga osilgan tana go‘shti chirishiga ulgurgan va faqat Samarqand darvozalarida u deyarli buzilmasdan va hidlanmasdan turardi. Buni ko‘rib, Temur shunday dedi: “Bu shaharning havosi toza va yerlari esa unumdor. Poytaxt shu yerda bo‘ladi! ” Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tufayli shahar dunyo ilm-fanining markaziga aylandi. Samarqand “o‘z hayotida tashrif buyurishga arziydigan 50 shahar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Tournaments

Samarqand viloyat turniri Arena3+0 • Blitz • Rated • 45mInner team
11
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
202
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
207
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
217
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
227