lichess.org
Donate

Andijon viloyati

56 members

Uzbekiston lichess milliy ligasi telegram kanali

https://t.me/lichessuzbekistanligue

Andijon viloyati

" Shoh , Shoir , Sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur yurti "
Andijon shahri - o‘zbek sheʼriyatining taniqli vakili, Boburiylar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan, arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalarga boy bo‘lgan shaharni , tashrif buyurishga tavsiya etamiz:

Bobur bog‘i;
Jomiy meʼmoriy majmuasi;
Qutayba ibn Muslim maqbarasi;
Bibi Seshanba (muqaddas joy).

Vodiyning janubiy sharqda respublikamizning yana bir qadimiy shahri bor. Bu Andijon. Uni haqli ravishda qadimiy deb hisoblash mumkin, chunki arxeologlar 2500 yil oldin shaharda odamlar yashaganligini aniqlagan. Miloddan oldingi VI asrda Axomaniylar Markaziy Osiyoni zabt etganda, Andijon o‘z mustaqilligini saqlab qoldi va bu Dovon davlatining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘tish davrida odamlar bronza asboblarini o‘tmishda qoldirib, temirga o‘tishganida, Dovon Xitoy imperiyasi tomonidan hujumga uchradi. Ushbu hujumning sababi imperator U-dining otlarning eng qadimgi va juda qimmatli zotlaridan biri bo‘lgan arg‘umoqlarni qo‘lga olish istagi edi. Ammo Xitoy bu jangda va keyingilarida ham, mag‘lubiyatga uchradi.

IX asrda shahar Somoniylar davlati tarkibiga kirdi va Farg‘ona vodiysining asosiy shaharlaridan biriga aylandi. O‘sha vaqtda u Andukan deb nomlangan edi. Keyinchalik XIV asrda Amir Temur davrida shahar ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanish cho‘qqisiga chiqadi.

Mashhur shoir va sarkarda, 11 yoshida Andijon hukmdori bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham Andijon viloyatining Axsikent shahrida tug‘ilgan. U Temuriylar sulolasining vakili bo‘lib, Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasiga asos solgan. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi Shoh Jaxon dunyo moʻjizalaridan biri bo‘lgan Toj Mahalni qurgan!

Bugungi kunda Andijon sanoat va mashinasozlik markazi hisoblanadi. Shaharda avtomobil zavodi va ko‘plab yirik sanoat korxonalari mavjud.

Tournaments

O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
202
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
207
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
217
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
227
O'ZBEKISTON MILLIY LIGASI Team Battle3+0 • Blitz • Rated • 1h 10mBattle of 14 teams
228